Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pul to‘la hamyon Toshkentdagi kafelardan birida unutib qoldirildi va...
Hayotda bila turib o‘zganing haqiga xiyonat qiluvchilar ham, birovning omonatini o‘ziga ravo ko‘rmaydiganlar ham uchraydi. Ikki toifa ham bir osmon ostida, odamlar orasida yashaydi. Birovning haqidan qo‘rqadigan insonlarning amallarini Yaratganning o‘zi ko‘rib turadi va shunga yarasha savob beradi. Ammo ularning bu ezgu ishlarini o‘zgalarga o‘rnak tariqasida gapirib o‘tish ham bir ma'rifatdir.
Kecha Toshkent shahrida joylashgan kafelardan birida O‘zbekistonga sayohat qilish uchun tashrif buyurgan pokistonlik turistning hamyoni qolib ketadi. Tabiiyki, kafe xodimlari uni topib olishadi. Hamyonda 925 AQSh dollari va boshqa shaxsiy hujjatlar bor edi. Kafe rahbari hujjatlarda yozilgan telefon raqamlari orqali sayyoh bilan bog‘lanadi. Bugun ular uchrashishadi va mehmon o‘z hamyonini qabul qilib oladi.
Hamyonni topib olgan va uni egasiga qaytarib berishni istagan kafe rahbari va O‘zbekistonga yaxshi niyatlar bilan tashrif buyurgan pokistonlik sayyoh qalbidan o‘sha lahzalarda nimalar o‘tgani bizga qorong‘i, lekin bu ish bilan, avvalo, insoniylik nomi oqlandi, qolaversa, yurt sha'ni ulug‘landi. Ana shunday insonlar safi ko‘payaversin.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025