Formula E bolidi ikkita samolyot bilan poyga uyushtirdi
Doha aeroportida Spark SRT_01E bolidi poygada ishtirok etdi, u tezlik bo‘yicha Qatar Airways aviakompaniyasining ikkita yo‘lovchi samolyoti bilan bellashdi. Tegishli video ABB Group korporatsiyasining Youtube-kanalida e'lon qilingan.
Gulf Times portalining yozishicha, bolidni belgiyalik poygachi Jyerom D'Ambrozio boshqargan, u 2014 yildan beri sport musobaqalarida ishtirok etib keladi. U birinchi poygada uchishga chog‘lanayotgan Airbus layneri bilan, ikkinchisida esa qo‘nayotgan Boeing 787 Dreamliner samolyoti bilan bahslashdi.
Videodan ko‘rish mumkinki, bolid poyga avvalida laynerga tezlikda imkoniyatni boy bermagan, biroq keyinchalik samolyotdan ortda qolgan.
Videoyozuv mualliflari samolyotning maksimal tezligini hisoblab chiqishdi hamda poyga davomida sportkar maksimal tezligi soatiga 225 kilometrni tashkil etganini aniqlashdi. Shu bilan birga, samolyotning yerdan ko‘tarilish pallasida shunday ko‘rsatkich soatiga 944 kilometrni tashkil etdi.
Mavzuga oid

16:53 / 11.04.2025
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi

01:40 / 27.03.2025
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi

23:36 / 26.03.2025
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi

15:47 / 26.03.2025