Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukraina mudofaa vaziri fuqaro shaxsi bo‘lishi kerakligini aytdi

Foto: REUTERS / Gleb Garanich
Ukraina mudofaa vaziri fuqaro shaxsi bo‘lishi kerak, deb aytdi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko.
“Biz davlatni NATO standartlariga o‘tkazish va men strategik mudofaa byulletenida ko‘rsatgan me'yorlarni amalga oshirish uchun fuqaro shaxsi mudofaa vaziri etib tayinlanishini, bosh qo‘mondon va bosh shtab boshlig‘i pozitsiyasini qabul qilishimiz lozim”, deb aytgan Poroshenko.
Poroshenko o‘zining Ukraina milliy xavfsizligi haqidagi qonun loyihasi haqida so‘zlab bergan. Uning aytishicha, bu hujjat “NATOlik sheriklar” bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi matnidan shuni anglash mumkinki, mudofaa vaziri o‘rinbosarlari ham fuqaro shaxslari bo‘ladi. Ushbu me'yor 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorakga AQSh Oliy radada harbiy islohot haqidagi qonun qabul qilinishini kutib qolishini aytgan.
Mavzuga oid

21:32 / 14.07.2025
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi

15:14 / 14.07.2025
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

14:43 / 14.07.2025
AQSh senatori Grem: Ukrainadagi urush burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda

13:55 / 14.07.2025