FVV Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi

Foto: novoetv.kz
O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining xabar qilishicha, yaqin kunlarda Qozog‘istonning aksariyat hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlarda kuchli sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan 2018 yil 21 yanvar kuni gismeteo.kz saytining ma'lumotiga asosan bo‘ron ogohlantiruvi e'lon qilingan.
“Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlariga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga vaqtinchalik yo‘lovchi avtobus va shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz”, - deyiladi FVV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ikki avtobusda bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qutqarib qolingani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025