Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
Qamchiq dovonida 24 may kuni soat 10:15 larda Howo rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi.

Foto: FVV
FVV ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasi xandaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Shuningdek, 25 may kuni Qamchiq dovonida Gentra haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa tushib ketdi.
Qutqaruvchilar tomonidan avtomobil xandaqdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

12:31 / 29.05.2025
Qamchiqda ichida besh kishi bo‘lgan Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025