Video: Ronaldu o‘yin vaqtida telefon orqali yuzining ahvolini ko‘rib ranjidi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 20-turida «Deportivo»ga qarshi kechgan va 7:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda kichik jarohat oldi.
Ronaldu o‘yindagi ikkinchi golini urgan vaqtda mehmonlar jamoasi futbolchilaridan biri to‘p uchun kurashaturib portugaliyalik futbolchining yuziga tepib yubordi. Zarba natijasida Ronalduning yuzidan qon oqa boshladi.
Maydonni tark etar ekan u shifokorning telefonini so‘radi va gadjyetning frontal kamerasi o‘z yuzining holatini tekshirdi. Yuzidagi jarohatni ko‘rgach, Krishtianu afsus bilan bosh chayqadi.



«Deportivo»ga qarshi o‘yinda Ronaldu 78- va 84-daqiqalarda gol urib, jamoasining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Mavzuga oid

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi

20:31 / 16.04.2025