Olimlar soch to‘kilishiga qarshi vosita ixtiro qilishdi

Foto: Fotolia
Janubiy Koreya olimlari soch o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi ikki oqsillar guruhini aniqlashdi. Journal of Investigative Dermatology jurnalida shunga doir tadqiqot taqdim etildi.
Klinik kuzatuvlar davomida Yonsey Universiteti mutaxassislari sochlari to‘kilayotgan odamlarning to‘qimalarida CXXC5 oqsili me'yordan yuqori bo‘lishini aniqlashdi. U DSH oqsili bilan birikib, soch follikulalari regeneratsiyasiga to‘sqinlik qiladi.
Tadqiqotchilar ikki oqsil birikmasini bloklovchi va yangi sochlarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi preparatni ishlab chiqishdi. O‘tkazilgan tajribalar davolash kurslari boshlanganidan 28 kun o‘tib sezilarli ijobiy o‘zgarishlar namoyon bo‘lganini ko‘rsatdi.
Manbaga ko‘ra, preparat ustidagi ishlar davom ettiriladi, zero u butunlay sochsiz qolgan kishilar uchun hozircha samarali emas.
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025