Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev yana Qozog‘istonni tilga oldi

Foto: kloop.kg
Qirg‘iziston prezidenti o‘z siyosatiga qo‘shilmayotganlarga boshqa yashash joyini izlashni maslahat berdi. Bu haqda Almazbek Atamboyev ishonch yorliqlarining topshirilish marosimida ma'lum qilgan.
«Mustaqillikni himoya qilish lozim. Qirg‘iziston banan respublikasiga aylana olmaydi», - degan Atamboyev.
«Mamlakatdagi so‘nggi hodisalar kim Qirg‘izistonga «muxlislik qilishi», kim esa respublikani sotishga tayyorligini ko‘rsatib berdi. Biz xuddi ajdodlarimiz kabi mustaqillik uchun hayotimizni berishga tayyormiz. Vatanparvarlik shunchaki oddiy so‘z bo‘lib tuyuladiganlarga esa yaxshiroq joyni maslahat qilgan bo‘lardim. Ehtimol, ular pul va qo‘llab-quvvatlov olayotgan joyni», - degan u.
Atamboyevning ta'kidlashicha, qardosh Qozog‘iston bilan fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olish jarayoni mavjud.
«Biz ularni bemalol qo‘yib yuboramiz. U yerda esa sizni kutib olishadi. U yerda yer ko‘p», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.
Mavzuga oid

18:40
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti

21:43 / 29.07.2025
Qirg‘izistonda sudlanganlarga muhim davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi

19:19 / 28.07.2025