O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoq a'zoligiga qabul qilindi

© Foto : Hadi
14 oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Parlamentlararo ittifoqi 137-assambleyasi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Bugun, 15 oktabr kuni tashkilot boshqaruv kengashi ittifoq tarkibiga yangi a'zolarni qabul qilish marosimini o‘tkazdi.
«Ayni paytda biz rasman uchta arizani qabul qilganmiz, ya'ni Turkmaniston va Vanuatu tomonidan Parlamentlararo ittifoqiga a'zolik tarkibiga kirish haqida, O‘zbekiston nomidan esa avvaldan a'zolik tarkibida bo‘lib, vakolatlarini qayta tiklash borasidagi so‘rovlar mavjud. Ijroiya qo‘mita bu arizalarni ko‘rib chiqib, ma'qullagan», deya Kengash raisi Saber Choudxurining so‘zlarini keltirgan Regnum.
Ayni paytda Parlamentlararo ittifoqqa 176ta mamlakat a'zo bo‘lib, bu galgi assambleya yig‘ilishida 2400dan ortiq turli darajadagi parlamentariylar ishtirok etmoqda. 18 oktabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan tadbir davomida kengashning yangi raisi ham saylanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

10:54 / 09.04.2025
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi

21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi

20:20 / 08.04.2025
“Yakkalangan davlat bo‘lmasligimiz kerak” – YeXHT Parlament assambleyasi prezidenti

20:28 / 07.04.2025