Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda tarbiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sochida o‘tkazilayotgan MDH a'zo davlatlari rahbarlarining sammitida nutq so‘zlab, kun muhokamasiga qo‘yilgan mavzulardan biri, oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlar bo‘yicha bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
"Zamonaviy globallashuv sharoitida biz har bir davlatchilik asosida turgan fundamental qadriyatlar haqida unutmasligimiz lozim. O‘sib kelayotgan yosh avlod aynan oilada ruhiy tarbiya olib, mas'uliyatli bo‘lib, atrofdagi voqealarga befarq bo‘lmaslikni o‘rganadi. Mana shu muhim yo‘nalishda to‘plangan tajribalarni almashish maqsadida kelasi yil O‘zbekistonda "O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda oila va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli” mavzusida xalqaro konferensiyani tashkil etishni taklif qilaman”, deb fikr bildirdi prezident.
Shavkat Mirziyoyev nutqining so‘ngida MDH raisligi Tojikistonga o‘tayotgani munosabati bilan Emomali Rahmonga tabrik so‘zlarini yetkazdi.
Mavzuga oid

16:35
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

19:07 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

18:01 / 06.06.2025
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

11:31 / 06.06.2025