Ikki qo‘shnining janjali pichoqlashish bilan yakunlandi
Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.A. mast holda o‘zaro janjallashib, qo‘shnisi, 1974 yilda tug‘ilgan T.B.ni uyi oldida chap ko‘krak sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.
Tuman shifoxonasining ma'lumotnomasiga ko‘ra, T.B.ning olgan jarohati hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir jarohati ekanligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi ushlandi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025