Zidan «Real»dagi muammolardan nolidi

«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan mavsum oldidan hujumchi Alvaro Moratani jamoada qoladi deb hisoblaganini tan oldi. Frantsuz mutaxassisi jamoa yozgi transferlar paytida hujumchi qidirib ko‘rganini ham ta'kidlab o‘tdi.
«Hozirgi tarkibimizga nazar tashlaydigan bo‘lsangiz, bizga sof «to‘qqizlik» hujumchisi yetishmayotganini ko‘rishingiz mumkin. Men Morata jamoada qolishini istagandim. Ammo u boshqa jamoa asosiy tarkibida o‘ynashni istadi. Bu uning qarori.
Yozgi transferlar vaqtida boshqa hujumchi qidirib ko‘rishga harakat qildik. O‘tgan mavsumda bizda Morata va Mayoral bor edi. Endi ularning bittasi qoldi. U o‘tgan uchrashuvda maydonga tushmadi, ammo chorshanba kuni APOELga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritiladi. U maydonga tushish uchun chanqoq bo‘lib turibdi.
Ronaldu yana safimizga qaytganidan xursandmiz. Krishtianu o‘zining atrofidagi turli gap-so‘zlarga qaramasdan jismonan va ruhan yuksak sport formasida bo‘lib turibdi», –deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Football Espana.
Eslatib o‘tamiz, 13 sentabr kuni «Real» o‘z uyida Kiprning APOEL klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Mavzuga oid

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi

20:31 / 16.04.2025