Hindiston yo‘lovchi samolyoti yo‘lakdan chiqib ketdi

Hindistonning Air India aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti Kochchi shahrii aeroportida yo‘lakdan chiqib ketdi. Bu vaqtda uning bortida 102 kishi bo‘lgan, deb xabar qilmoqda NDTV telekanali.
Hodisa Abu Dabidan uchib kelgan havo kemasi qo‘nganidan so‘ng yuz bergan. Telekanalning aeroportdagi manbalariga ko‘ra, samolyot qo‘nishdan so‘nggi harakatlanish chog‘ida burilishni marradan avvalroq amalga oshirgan va yo‘lakdan chiqib ketgan.
"Barcha yo‘lovchilar trap vositasida ko‘chirildi. Jabrlanganlar yo‘q", — degan Kochchi xalqaro aeroporti rasmiy vakili.
Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025