Google millionlab smartfonlarni to‘ldirilgan reallik bilan ta'minlaydi
Google kompaniyasi vakillari ARCore to‘ldirilgan reallik platformasini taqdim etishdi. U real hayotda virtual obektlarning mavjudligi hissini beradi. Bu haqida The Verge nashri xabar berdi.
Yangi platformani oddiy Android-smartfonlarda qo‘llash mumkin. ARCore'dan foydalanish uchun ikki kamera yoki maxsus chuqurlik datchiklari talab qilinmaydi.
To‘ldirilgan reallikda obektlar kameraga olingan real tasvirga qo‘shiladi.
Google mazkur sohada birinchi yil ish olib borishi emas. Tango dasturi haqida uch yil avval ommaga ma'lum qilingan. Ushbu texnologiya maxsus qurilmalarni uch o‘lchamli xaritali chuqurlik kameralari bilan ta'minlaydi. Ularning asosida virtual obektlar yaratiladi.
Mavzuga oid

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

21:35 / 11.04.2025
Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi

18:15 / 02.04.2025
Google bolalarga uy vazifalarida yordam beradigan sun’iy intellektini taqdim etadi

22:44 / 31.03.2025