Quyichirchiqda 5 bosh qoramolni olib ketib, egasini chuv tushirgan shaxs ushlandi

Foto: KUN.UZ
Quyichirchiqda 5 bosh qoramolni olib ketib egasini chuv tushirgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.
Ma'lum bo‘lishicha, Quyichirchiq tumanida, 2017 yilning 26 mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz Sh.N. firibgarlik yo‘li bilan tanishi, Quyichirchiq tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz T.Z.ni uyida ishonchini suiste'mol qilib, «tez orada pullarini beraman» – deb aldab, undan umumiy narxi taxminan 9.500.000 so‘m bo‘lgan 5 bosh qora mollarini olib, pullarini shu kunga qadar qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan firibgarlik qilganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.
Mavzuga oid

14:56 / 04.06.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga yirik va mayda shoxli qoramollar yetkazib beriladi

08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:32 / 21.05.2025