Surxondaryoda “To‘palang” GESini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “To‘palang gidrouzelini modernizatsiya qilish” loyihasi ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi yo‘nalish bo‘yicha 2017 yil yakuniga qadar “To‘palang suv ombori” sig‘imini 500 mln.m3 ga qadar oshirish ishlari yakunlanadi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook dagi sahifasida ma'lum qilgan.
Ikkinchi yo‘nalishda “To‘palang GES” quvvatini oshirish bo‘yicha umumiy quvvati 145 mVt bo‘lgan 2 ta agregat o‘rnatish ishlari 2020 yilda yakunlanishi mo‘ljallangan. Bugungi kunda GESda 48 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritib, o‘rtacha yiliga 80 mln. kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, loyiha to‘la quvvat bilan ish boshlagach 430 mln. kVt/st elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlari hamda 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bundan tashqari, “To‘palang GES” DUK tomonidan joriy yilning avgust oyidan boshlab umumiy quvvati 69 mVtni tashkil etuvchi 2 ta “Zarchob” kaskad kichik GESlarining qurilish ishlari zamonaviy texnikalar va malakali mutaxassislar jalb etilgan holda boshlab yuborildi.
Mazkur loyihalarning ishga tushishi bilan 60 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

17:34 / 05.04.2025