Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhamat tumanida qidiruvdagi jinoyatchi ushlandi
Andijon viloyati Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilayotgan «Tozalash» tadbiri davomida jinoyat sodir etib, sud organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxs ushlandi. Bu haqda «Kun» nashriga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2016 yil 3 dekabr kuni 1969 yilda tug‘ilgan M.M. tanishi, T.Yo.ning ishonchiga kirib, uni aldab, «Lasetti» rusumli avtomashina olib berishni va'da qilib, 4000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani uchun Toshkent shahar Mirobod tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga kelishdan bo‘yin tovlab yashiringanligi sababli, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan joriy yilning 6 iyun kuni qidiruv e'lon qilingan edi.
Hozirda unga nisbatan «Qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

13:27 / 10.07.2025