Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksis Sanches Konfederatsiyalar kubogi tarixidagi 400-gol muallifi bo‘ldi

Londonning "Arsenal" klubi va Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches Konfederatsiyalar kubogi tarixidagi 400-gol muallifi bo‘ldi.
Sanches bu yubiley golni Germaniyaga qarshi uchrashuvning 6-daqiqasida urdi.
28 yoshli Sanches Chili uchun 2006 yildan beri to‘p surib keladi. Endilikda uning hisobida 109 ta o‘yin va 38 ta gol bor.
E'tiborlisi, Sanches ushbu goli evaziga Chili terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yakka peshqadamga aylandi. 2-o‘rinni esa 1994 yildan 2007 yilgacha Chili uchun 37 ta gol urgan Marselo Salas egallamoqda.
Mavzuga oid

21:36 / 23.06.2025
Chilida dunyodagi eng katta teleskop birinchi sinov tasvirlarini uzatdi

20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi

22:59 / 14.02.2025