Manchester terakti ijrochisi haqida yangi ma'lumotlar berildi (foto)

Foto: Reuters
Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan Manchesterdagi sport arenasidagi teraktni sodir etishda gumondor qilingan 22 yoshli Salmon Obidiy liviyalik qochqinlar oilasida tug‘ilgan buyuk britaniyalikdir. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi xabar tarqatdi.
U 1994 yili Manchesterda dunyoga kelgan, Obidiylar oilasida uchinchi farzand bo‘lgan - uning ikki akasi va bir singlisi bo‘lgan.
"Uning ota-onasi liviyaliklar, ular Muammar Qazzofiy rejimidan qochib, Buyuk Britaniyaga kelgandi", deyilgan gazetada.
Obidiylar oilasi Liviyadan kelgach, avvaliga Londonda yashashgan, keyin Manchester janubidagi Falloufild tumaniga ko‘chishgan. Ayni vaqtda bu oila Liviyaga qaytib kelgan, ikki o‘g‘il Manchesterda qolgandi.
Manbaning yozishicha, Salmon 2015 yili butun dunyoga ikki o‘quvchisi Zahro va Salma Xon Suriyaga ketib qolgach mashhur bo‘lgan maktabda o‘qigan.
Aytilishicha, Obidiy ilgari Britaniya politsiyasi e'tiboriga tushgan. U stadionga bombani ryukzakda olib kelgani aytilmoqda.
U terakt ijrochiligida asosiy gumondorga aylangach, politsiya uning yolg‘iz harakatlangani yoki guruh topshirig‘ini bajargani yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Manchester Arena stadionida 22 may kuni Ariana Grandening konserti vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 59 kishi jarohatlangan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid

12:20 / 02.06.2025
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

08:37 / 25.04.2025