Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi ko‘ngilochar maskan: bio-tek uslubidagi birinchi istirohat bog‘i

Toshkentda eski hayvonot bog‘i hududida yangi bio-tek, ya'ni bionik uslubdagi istirohat bog‘i qurilmoqda. Bu haqda Afisha.uz xabar berdi.
12 Ga maydonga ega bog‘da mavjud bo‘lgan 4000dan ortiq daraxtlarning barchasi saqlab qolingan. Bundan tashqari, bog‘ ma'muriyati ekinlar va o‘simliklar sonini ikki karraga ko‘paytirishni maqsad qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, yana 5000 o‘simlik ekilishi ko‘zda tutilgan.
Bog‘da yashil tabiat bilan uyg‘un holda go‘zal manzaraga guvoh bo‘lasiz. Bu yerda turli sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, oq qumli maydonda plyaj voleybolini o‘ynash mumkin.
The Tower Mall Management Group kompaniyasi zamonaviy sug‘orish tizimini joriy qiladi. Bu esa gazon ustida harakatlanish xavfsizligini ta'minlab beradi.
Istirohat bog‘iga kirish bepul bo‘ladi. Yangicha uslubdagi bog‘ 1 iyun - Xalqaro bolalar kunida ochilishi rejalashtirilgan.
Ishlash vaqti: 6:00dan - 23:00 gacha
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025