44 yoshli Yagr NHL tarixida ochkolari bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Foto: Reuters
AQShning «Florida Panters»ning 44 yoshli hujumchisi Yaromir Yagr 4:3 hisobida yakunlangan «Buffalo» qarshi o‘yin chog‘ida NHL doimiy chempionatlari davomida qo‘lga kiritgan ochkolari bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. U o‘z natijasi bo‘yicha kanadalik Mark Messeni quvib yetdi.
«Florida Panters» chexiyalik hujumchisining uch marta aniq shayba uzatishi jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, o‘zi o‘yinning eng yaxshi yulduzi, deb topildi.
Shunday qilib, Yagr hisobida 1887 ochko (755 shayba kiritgan va 1132 golli uzatma) bor. NHL doimiy chempionatlarida eng ko‘p ball to‘plagan sportchi kanadalik afsonaviy xokkeychi Ueyn Grettski hisoblanadi. U faoliyati davomida 2857 ochko to‘play olgan.
Mavzuga oid

17:01 / 07.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi

17:12 / 05.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi

08:21 / 30.01.2018
Chexiyalik 46 yoshli afsonaviy xokkeychi Yagr yangi klubga o‘tdi

11:29 / 18.03.2017