Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun BMT bosh kotibi lavozimidan ketgach nima bilan shug‘ullanishini ma'lum qildi

Foto: AFP
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z vakolati tugagach, vatani – Janubiy Koreyaga qaytmoqchi ekanligi va kelgusida nima bilan shug‘ullanishi haqida qaror qabul qilishini aytdi. U bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohidagi matbuot-anjumanida ma'lum qildi.
Pan Gi Mun 31 dekarbda vakolati tugagach, birinchi navbatda, yaxshilab dam olmoqchiligini, so‘ngra Janubiy Koreyaga qaytib, iloji boricha ko‘proq odamlar, do‘stlari bilan uchrashishga harakat qilishini aytgan. "Men o‘z vatanimga nima qila olishim haqida jiddiy o‘ylab ko‘raman", deb ta'kidlab o‘tdi BMT bosh kotibi. U Janubiy Koreyada hozir vaziyat mushkulligini qayd qilib o‘tdi.
Avval ma'lum qilinganidek, bu matbuot-anjumani Pan Gi Mun uchun BMT bosh kotibi lavozimidagi oxirgisi bo‘lishi kerak.
Pan Gi Mun Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishi-qo‘ymasligi haqidagi savolga aniq javob bermadi va o‘z vataniga nima qila olishini o‘ylab ko‘rishini aytish bilan kifoyalanib qoldi.
"Men bu lavozimda yana 15 kun o‘tiraman. 1 yanvar kelganda esa nima bo‘lishini ko‘ramiz", deb aytgan Pan Gi Mun.
Mavzuga oid

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

19:12 / 14.07.2025
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi

14:58 / 14.07.2025
"O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi

18:28 / 10.07.2025