«Real»ning ikki sobiq yulduzi jamoaga qaytishni istamoqda

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchilari Anxel Di Mariya va Mesut O‘zil o‘z vaqtida jamoani tark etganidan afsuslanmoqda va klubga o‘z xizmatlarini qayta taklif qilmoqda. Bu haqda Marca xabar bergan.
Di Mariya «PSJ»da baxtiyor emasligini va Karlo Anchelotti «Real»i davridagi sport formasiga qayta olmayotganini bildirgan. Manbada yozilishicha, futbolchi «PSJ» o‘yin uslubiga moslasha olmayotgan emish. Futbolchi «Real»dan ketganidan keyingi faoliyatida o‘sish bo‘lmayotganidan norozi.
O‘zilning amaldagi shartnomasi 2018 yil yozda nihoyasiga yetadi. Futbolchi hozircha «Arsenal» bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni yakunlay olgani yo‘q, shu boisdan uning Ispaniyaga qaytish ehtimoli bor, deb yozadi [«Real»ni doim qo‘llab-quvvatlashi aytiladigan] gazeta.
Florentino Peres va «Real» rahbariyati futbolchilarning vaziyatini kuzatmoqda.Ular O‘zil va Di Mariya har qanday klubni kuchaytira oladi deb hisoblashadi.
Mavzuga oid

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi

20:31 / 16.04.2025