Xodimlarning uyqusizligi Britaniya iqtisodiga yiliga 50 mlrd dollar zarar keltirmoqda

Foto: Fotolia
Rand Europe kompaniyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, britaniyaliklarning uyquga to‘ymasliklari mamlakat iqtisodiga yiliga 40 mlrd funt sterlingga (49,7 mlrd dollar) tushadi.
Aniqlik kiritilishicha, moliyaviy yo‘qotishlar xodimlarning ish mahsuli pastligi yoki ularning ish joyida vaqtida bo‘lmasliklari bilan bog‘liq. Uyquning yetishmasligi sabab mamlakat har yili 200 ming ish kunini yo‘qotadi.
Bundan tashqari, 6 soat uxlaydiganlar bilan sodir bo‘ladigan o‘lim holati kuniga 7-9 soat uxlaydiganlarga qaraganda 13 foizni ko‘pni ko‘rsatgan.
Rand Europe kompaniyasining katta tahlilchisi Marko Xefnerning ma'lum qilishicha, sutkada 6 soatdan kam uxlaydigan britaniyalik uyqu vaqtini 6-7 soatga oshirsa, mamlakat iqtisodi yiliga qo‘shimcha 24 mlrd funt sterling foyda oladi.
Mavzuga oid

13:21 / 05.06.2025
O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari Britaniyaga yetkaziladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

09:22 / 23.05.2025