O‘zbekiston | 13:42 / 19.07.2025
1283
1 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan beri 10 mingdan ortiq xodimning 130 mlrd so‘mga yaqin puli undirib berildi

O‘zbekistonda yil boshidan beri o‘n mingdan ortiq xodimning 130 mlrd so‘mga yaqin maoshi undirib berildi. 

Foto: Kun.uz

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qayd etishicha, vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini hamda tekshiruvini amalga oshiradi.

Joriy yilning birinchi yarmida inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 501 nafar xodimning 129 mlrd 769 mln so‘m oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari undirib berildi.

Shundan 109 mlrd 106 mln so‘m davlat mehnat inspektorlari aralashuvi bilan undirilgan, 20 mlrd 663 mln so‘m sud orqali undirilgan.

Bular orasida yirik ish beruvchilar ham, kichik va o‘rta biznes sub’yektlari ham mavjud.

Mavzuga oid