Janubiy Koreya prokuraturasi prezidentdan ko‘rsatmalar berishni talab qildi

Foto: RIA «Novosti»
Koreya respublikasi prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xedan, uning korrupsiya mojarosiga aloqadorligi bo‘yicha ko‘rsatma berishni talab qildi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi. Prokuratura, prezident talabni qabul qilsa, 29 noyabrda uni so‘roq qilishni rejalashtirmoqda.
Aytish joizki, ushbu mojaroning avvalida tergovchilar bilan hamkorlik qilish, barcha savollarga javob berishga va'da berib, uzr so‘ragan Pak Kin Xe keyinchalik o‘z qarorini o‘zgartirdi. 20 noyabr kuni korrupsiya mojarosining asosiy ayblanuvchisi, prezidentning qohin dugonasi Tsoy Sun Silga rasman ayblov e'lon qilindi.
O‘sha kunning o‘zidayoq, prokuraturaning ma'lum qilishicha, prezident jinoiy ishning ayrim holatlari bo‘yicha "til biriktirganlik"da gumon qilinmoqda. Ammo, prokurorlar prezident daxlsizligi sababli davlat rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ata olmasa-da, ko‘rsatmalar olishga erishish niyatida.
"Biz prezident advokatiga 29 noyabrda shaxsan Pakka bir necha savol bilan murojaat qilishni so‘rab maktub yo‘lladik. Javobini kutayapmiz", — degan agentlikka o‘z nomini oshkor qilmagan prokurorlardan biri.
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025