Amazon onlayn orqali avtomobil sotishni boshlaydi

Foto: Source: Fiat
Amazon kompaniyasi Fiat Chrylser avtokorxonasi bilan uning avtomobillarini onlayn sotuv orqali savdo qilishini ma'lum qildi. Amazon bu ma'noda avtobozordagi o‘z ulushini oshirib olishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.
Ilk uchta model (500, 500L va Panda) 30 foiz chegirma bilan Amazon’ning italyancha versiyasida paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda Reuters. Hozircha mazkur xizmatlar faqat Italiyada ko‘rsatiladi.
Amazon xizmatida keltirib o‘tilgan shartlarga muvofiq avtomobil xarid qiluvchi shaxs sayt orqali diler bilan bog‘lanishi, kelishuvga erishilganidan so‘ng ikki hafta o‘tgach, o‘z mashinasini olishi hamda zarur hujjatlarni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

18:36 / 10.04.2025
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi

23:40 / 02.04.2025
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi

16:58 / 26.03.2025
Amazon 2024 yilda 15 milliondan ortiq kontrafakt mahsulotlarni musodara qildi

14:24 / 06.01.2025