Burger King Sobchakning o‘g‘liga ajoyib ism taklif qildi

Foto: © RIA
Burger King fast-fud restoranlari tarmog‘i bugun, 18 noyabr kuni onalik baxtiga erishgan teleboshlovchi Kseniya Sobchakka reklama hamkorligini taklif etdi. Unga ko‘ra, Kseniya pul mukofoti evaziga o‘z o‘g‘lini Kingo deb nomlashi kerak bo‘ladi. Bu haqida Lenta.ru nashrida ma'lum qilindi.
"Yosh ota-ona o‘z farzandiga Kingo ismini beradi, kompaniya esa bola voyaga yetgunga qadar har yili unga 100 million rubl taqdim etadi", - deyishdi Burger King'da.
"Kingo so‘zini "kichik qirol", deb tarjima qilish mumkin. Kingo Sobchak yoki Kingo Vitorgan - eshitilishi ajoyib", - qo‘shimcha qilindi kompaniyada.
18 noyabr, juma kuni Kseniya Sobchak Moskva viloyatidagi "Lapino" tug‘ruqxonasida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ona va bolaning ahvoli yaxshi.
Mavzuga oid

13:00 / 19.04.2025
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi

23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi

10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi

11:51 / 26.03.2025