Kechki dayjest: 29 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 29 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari bilan uchrashdi

Foto: fb.com/usdos.uzbekistan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 29 oktabr kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.
>>> Batafsil.
AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon O‘zbekistonga tashrifi doirasida 28 oktabrda Samarqand shahriga safar qildi.
>>> Batafsil.
Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri O‘zbekistonga keladi

Foto: sana
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2016 yil 30 oktabrda Hindiston Tashqi ishlar davlat vaziri Toshkentga tashrif buyuradi.
>>> Batafsil.
Berlinda Gitler bunkerining aniq nusxasi barpo etildi

Foto: Globallookpress
Berlinda sayyohlar uchun Adolf Gitler bunkerining aniq nusxasi barpo etildi.
>>> Batafsil.
Churkin: Eronning ShHTga a'zo bo‘lishiga to‘siqlar qolmadi

Foto: © RIA Novosti
Eron yadro dasturi bilan bog‘liq muammolarning hal etilishi bilan rasmiy Tehronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lishi uchun mavjud to‘siqlar qolmagan.
>>> Batafsil.
Tailandda marhum qirol bilan vidolashish marosimi boshlandi

Foto: © EPA/NARONG SANGNAK
29 oktabrda Tailandda 13 oktabrda vafot etgan qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX) bilan vidolashish marosimi boshlandi.
>>> Batafsil.
Pentagon AQSh harbiy razvedkasining byudjyetini e'lon qildi

Foto: © AFP
AQSh mudofaa vazirligi o‘z harbiy razvedkasining 2016 yildagi byudjyeti miqdorini oshkor qildi.
>>> Batafsil.
AQSh prezidentlik sayloviga 10 kun qolganda saylovoldi vaziyati tubdan o‘zgarmoqda

Foto: AP
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Respublikachilar va Demokratlar partiyasi vakillari Federal qidiruv byurosiga murojaat qilishdi.
>>> Batafsil.
KXDR Yaponiya va AQShga zarba berishdan ogohlantirdi

Foto: KCNA
KXDR AQSh va uning ittifoqchilari, jumladan Yaponiyaga ham priventiv zarba berishga tayyor.
>>> Batafsil.
Avstraliyada Xitoy firmasi tomonidan mis koni ochildi

Foto: Australian Mining
Avstraliyada Xitoy firmasi tomonidan barpo etilgan «Roklends» birinchi mis koni o‘z faoliyatini boshladi.
>>> Batafsil.
29 oktabr – Turkiya Respublika kunini nishonlamoqda
Birinchi Jahon urushidan so‘ng Antanta mamlakatlari 1918 yilning oktabrida Usmoniylar imperiyasining deyarli barcha hududini o‘zaro bo‘lishib olishga qaror qilishdi va bu Turk milliy harakatining paydo bo‘lishiga olib keldi.
>>> Batafsil.
Tojikiston Rog‘un GESini barpo etish maqsadida Vaxsh daryosini to‘sib qo‘ydi

Foto: Foto press-slujba prezidenta RT
Tojikiston 29 sentabrdan dunyodagi eng baland Rog‘un GESning toshli-shag‘alli to‘g‘onini barpo etishni boshladi.
>>> Batafsil.
Yaman prezidenti BMT tomonidan taklif qilingan yarashuv rejasini rad etdi

Foto: Reuters
Yaman prezidenti Abdu Rabbu Mansur Hadiy BMT tomonidan taklif qilingan mamlakatdagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini rad etdi.
>>> Batafsil.
Xitoylik geymerlar antiqa rekord o‘rnatishdi

Foto: guinnessworldrecords.com
Wings Gaming jamoasidan xitoylik geymerlar Dota 2 o‘yinida g‘olib bo‘lganlari uchun 9,1 mln dollarlik mukofot puli olishgani bilan Ginness rekordlar kitobiga kirishdi.
>>> Batafsil.
«Tesla»ning yangi raqibi namoyish etildi

Foto: Youtube/Faraday Future
Xitoyning LeEco konglomeratiga tegishli Amerikaning Faraday Future kompaniyasi ilk seriyali modelining tizerini namoyish etdi.
>>> Batafsil.
"Nigeriyalik dahshat" laqabli bokschi ikki yillik tanaffusdan keyin ringga qaytdi

Sem Piter
O‘ta og‘ir vazn toifasida WBC talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni, "Nigeriyalik dahshat" laqabi bilan taniqli bo‘lgan nigeriyalik bokschi Semyuel Piter ikki yillik tanaffusdan keyin ringga qaytdi.
>>> Batafsil.
Oliy Liga. "Lokomotiv" "Nasaf"dan ustun keldi va boshqa natijalar
Oliy liga 27-turi doirasida oltita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Lokomotiv" Toshkentda "Nasaf"ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan "temiryo‘lchilar" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
>>> Batafsil.
"Arsenal" safarda "Sanderlend"ni yirik hisobda mag‘lub qildi
Angliya chempionatining 10-turi doirasida "Arsenal" safarda "Sanderlend"ga qarshi maydonga tushdi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid

22:26 / 09.04.2025
Ilon Mask bojlar sabab Trampning maslahatchisini haqorat qildi

14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti

23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

21:05 / 06.04.2020