Boks bo‘yicha Ulan-Batorda o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston vakillari 11 medalni qo‘lga kiritishdi

Foto: olympicboxing.uz
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda to‘rttadan oltin va kumush, uch bronza medalni qo‘lga kiridi.
Musobaqada O‘zbekistonning iqtidorli sportchilaridan Isroil Madrimov, Abdulxay Shorahmatov, xotin-qizlar o‘rtasida Tursunoy Rahimova hamda Maftuna Meliyeva o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, finalga qadar bo‘lgan janglarda g‘alaba qozongan Nodir Mirzaahmedov, Abror Qodirov, Fazliddin Meliboyev, Shahnoza Nizomova kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Elnur Abduraimov, Zuhriddin Mahkamov va Dilnoza Odiljonova uchinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025