Lavrov: IShID jangarilari Mo‘suldan Suriyaga o‘tishi mumkin

Foto: AFP
IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroqning Mo‘sul shahridan Suriya hududiga o‘tib ketishi xavfi bor. Bu haqida RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva jangarilarning Mo‘suldan Suriyaga o‘tish xavfi bilan bog‘liq vaziyatni baholamoqda.
"Biz bu operatsiyani kuzatyapmiz, albatta. Zero barchamiz IShIDni mag‘lub etishdan manffatdormiz", - dedi Lavrov.
U AQSh boshqaruvi ostidagi xalqaro koalitsiyaning ham bu masalaga e'tibor qaratishiga umid bildirdi. "Bilishimcha, shahar to‘liq o‘rab olinmagan. Bunga nima sababligini bilmayman - ehtimol, bunga xohish yo‘qligi emas, shunchaki uddasidan chiqa olmaganlik sabab bo‘lgandir", - deya qo‘shimcha qildi RF TIV rahbari.
Mavzuga oid

13:24
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi

14:42 / 07.06.2025
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

19:55 / 05.06.2025
G‘azo, Suriya va Eron: Yaqin Sharqdagi so‘nggi o‘zgarishlar tahlili

15:50 / 04.06.2025