Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya va Turkiya chegarasidagi lagerda portlash ro‘y berishi tufayli 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: Khalil Ashawi / Reuters
Suriya ozodlik armiyasining palatkali lagerida portlash ro‘y berdi.
Reuters agentligi ma'lumotiga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 20 nafardan ortiqni tashkil qilgan. Shuningdek, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, portlovchi qurilma qorovullar almashayotgan vaqtda harakatga keltirilgan.
Ushbu lager Turkiya va Suriya chegarasi hududida joylashgan bo‘lib, undan o‘tkazish punkti sifatida ham foydalanilgan. Bu joy orqali Turkiya hududiga SOAning hamda Turkiya armiyasining "Frot qalqoni" amaliyoti davomida jarohatlangan jangchilari olib o‘tilgan.
Suriya ozodlik armiyasi - Suriya hududida hukumatga qarshi kurashayotgan yirik kuchlardan biri bo‘lib, bir necha isyonchi guruhlar bilan ittifoq tuzgan. Turli baholarga ko‘ra, bu tashkilot tarkibida 50 ming nafarga yaqin jangchi mavjud.
Mavzuga oid

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025
AQSh: Isroil va Suriya otashkesimga kelishdi

22:22 / 18.07.2025