Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda ilk bor bo‘lib o‘tgan aviashouda 200 mingdan ortiq odam to‘plandi

KXDR sharqidagi Vonsan shahri Galma aeroporti hududiga 200 mingdan ortiq odam to‘plandi. 24 sentabrdan boshlab bu yerda mamlakat tarixidagi ilk aviashou bo‘lib o‘tmoqda.
Vonsan aviashousi Amerikada ishlab chiqilgan Hughes 500 vertolyotining parvozi bilan boshlandi. Ushbu ko‘pmaqsadli uchar mashinalar Koreya xalq armiyasi safida turadi. Aviashouga asosan KXDR tomonidan xarid qilingan Rossiya samolyotlari Tu-154, Tu-134, Il-18 samolyotlari qo‘yilgan.
Tomoshabinlar orasida MiG-29 va Su-25 qiruvchi samolyotlari ko‘proq qiziqish uyg‘otgan. Tashkilotchilarning TASS agentligiga ma'lum qilishlaricha, mamlakat yetakchisi Kim Chen In uchuvchilarga ko‘rsatgan mahoratlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid

18:22 / 02.07.2025
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

20:31 / 01.07.2025
KXDR «frilanserlari» Amerika kompaniyalarida millionlab dollar ishlab topdi

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

21:34 / 26.06.2025