Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angola Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha Saudiya Arabistoni va Rossiyani ortda qoldirdi

Angola Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha Saudiya Arabistoni va Rossiyani ortda qoldirdi. Bundan OPeKning sentabr oyida chop etilgan hisoboti darak bermoqda. Angola iyul natijalariga ko‘ra, Xitoyga kuniga o‘rtacha 1,1 mln barrel, ya'ni iyundagiga nisbatan 207 ming barrel ko‘proq neft yetkazib bergan.
2-o‘rinni kuniga o‘rtacha 950 ming barrel neft yetkazib bergan Saudiya Arabistoni egallagan. OPeK hisobotida Rossiya bo‘yicha oylik ma'lumotlar keltirilmagan, biroq Xitoy bojxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya joriy yilning dastlabki 7 oyi natijasiga ko‘ra Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan (29,5 mln tonna). 2016 yilning dastlabki 7 oyi bo‘yicha 1-o‘rinni Saudiya Arabistoni (30,48 mln tonna), 3-o‘rinni Angola (26,94 mln tonna) egallagan.
Iyul natijalariga ko‘ra, Xitoy iyunga ko‘ra kuniga 136 ming barrel kamroq neft import qilgan. Yillik hisobda esa Xitoyda neft importi 1 foizga oshgan.
Mavzuga oid

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

18:52 / 06.07.2025
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

21:57 / 04.07.2025
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi

11:50 / 04.07.2025