Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva Suriya-Turkiya chegarasida yuz berayotgan hodisalardan xavotirlanmoqda

Moskva Suriya-Turkiya chegarasidagi keskinlikning avj olishidan xavotirlanmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi.
"Moskva Suriya-Turkiya chegarasida yuz berayotgan hodisalardan xavotirlanmoqda. Bu birinchidan, ixtilof hududida vaziyatning yanada yomonlashishi, jumladan tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishi hamda kurd va arablar o‘rtasida elatlararo ziddiyatlarni hisobga olgan holda xavotir uyg‘otmoqda. Suriya ixtilofi faqatgina puxta xalqaro huquq asosida, barcha etnik va diniy guruhlar ishtirokidagi Suriya ichra suhbat orqali hal qilinishi mumkin", deyilmoqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida joylashtirilgan xabarda.
Turkiya armiyasi xalqaro koalitsiya samolyotlari ko‘magida Suriyaning Jarablus shahrini IShID jangarilaridan ozod qilishni boshladi. Turkiya ushbu operatsiyaning boshlanishidan Rossiyani rasman xabardor qilgan.
Mavzuga oid

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025
AQSh: Isroil va Suriya otashkesimga kelishdi

22:22 / 18.07.2025