Britaniyalik sayyoh to‘rt kun ichida uch marta qutqarildi

Britaniyaning Kornoull grafligida yosh sayyoh ayolni to‘rt kun ichida uch marta qutqarishga to‘g‘ri keldi. Bu haqida 23 avgust kuni Travel Mole ma'lum qildi.
Voqealar o‘tgan hafta – 16 va 19 avgust oralig‘ida Kornoullning turli sohillarida bo‘lib o‘tgan. Shaxsi oshkor qilinmagan dam oluvchi ayol har safar quruqlikdan uzilib qolgan.
Sayyoh ayolga hech qanday ziyon yetmagan.
Qirollikning suv qutqaruv xizmati xodimlari uchinchi marta ayolning hayotini saqlab qolishganidan so‘ng unga suvda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida ma'ruza o‘qishdi.
Kornoull grafligi Angliyaning janubi-g‘arbida joylashgan. U La-Mansh bo‘g‘ozi va Kelt dengizi bilan yuviladi. Poytaxti – Truro shahri. Hudud qulay iqlimi va go‘zal manzarasi bilan taniqli dam olish maskaniga aylangan.
Mavzuga oid

12:47
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

12:05 / 07.04.2025
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi

10:43 / 29.03.2025
Britaniyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun ta’lim dasturlari amalga oshiriladi

11:39 / 25.03.2025