O‘zbekiston | 10:32
733
1 daqiqa o‘qiladi

Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi

Jumladan, sanoat mulki obekti ro‘yxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuborilishi belgilandi.

Foto: Getty Images

Intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, intellektual mulk obektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni soddalashtirildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, sanoat mulki obekti ro‘yxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuborilishi belgilandi.

Ilgari Sanoat mulki obektiga patent berish obekt ro‘yxatga olingani haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 kun o‘tganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan edi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutildi.

Mavzuga oid