Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikaning 23 davlatida vabo qayd etildi
Yil boshidan buyon Afrikada 205 ming vabo kasalligi qayd etilgan bo‘lib, o‘lim darajasi 2,1 foizga yetgan. Kuchli yomg‘ir sharoitida infeksiya xavfi ortib bormoqda.

Foto: USAID
Afrikaning 23 davlatida vabo qayd etilgan. 9 avgust, shanba kuni dpa agentligi Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga (Africa CDC) tayanib xabar berganidek, joriy yilning o‘zidayoq 205 000 ta infeksiya holati qayd etilgan, o‘lim darajasi 2,1 foizni tashkil etgan.
O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1,9 foizni tashkil etdi, dedi Africa CDC vakili Ngashi Ngongo brifingda. «Biroq, bu o‘rtacha ko‘rsatkichlar. Noqulay mahalliy sharoitda o‘lim darajasi ancha yuqori bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidlaydi dpa nashri.
Vabodan o‘limning asosiy sababi suvsizlanishdir. Kasallik ko‘pincha kambag‘al odamlarga va toza ichimlik suviga ega bo‘lmagan ijtimoiy zaif qatlam vakillariga ta’sir qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF, Unicef) ogohlantirganidek, G‘arbiy va Markaziy Afrika mintaqasida yomg‘irlar mavsumi boshlanishi bilan 80 mingdan ortiq bola vabo xavfi ostida qolgan. Buning sababi shundaki, atrofdagi hamma narsani suv bosadigan yomg‘irlar paytida hojatxonalardagi chiqindilar ko‘plab afrikaliklar suv oladigan quduqlar va daryolarga tushadi.
Mavzuga oid

11:15 / 08.08.2025
Rossiya «Vagner»ni «Afrika korpusi» bilan almashtirmoqchi.

18:32 / 21.07.2025
Turkiyaning ayrim hududlarida vabo qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi

20:56 / 11.06.2025
Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi

23:35 / 14.05.2025