Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Tramp fikriga qo‘shilmagan AQSh amaldorlari ta’qib qilinmoqda
Tramp ma’muriyati bilan bog‘liq bo‘lgan AAF nomli guruh 175 nafar davlat xizmatchisining ro‘yxatini e’lon qilib, ularni «radikal» so‘l g‘oyalarda aybladi. Reuters surishtiruviga ko‘ra, shundan so‘ng ular ta’qibga uchragan.

Foto: Andrew Leyden/NurPhoto/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlari bilan bog‘langan American Accountability Foundation (AAF) o‘ng guruhi 175 ga yaqin federal xodimlarning ismlari, fotosuratlari va shaxsiy ma’lumotlarining onlayn ro‘yxatini e’lon qildi va ularni «radikal» so‘l g‘oyalarni, xususan, xilma-xillik, tenglik va inklyuziya (DEI) konsepsiyasini targ‘ib qilishda aybladi. Shundan so‘ng, ro‘yxatdagilar ommaviy qo‘rqitish va ta’qiblarga duchor bo‘ldi. Ba’zilari ishdan bo‘shatildi. Ikki nafari o‘z xavfsizligidan qo‘rqib, chet elga ko‘chib ketdi. Bu haqda Reuters agentligining 7 avgust, payshanba kuni chop etgan surishtiruvida aytiladi.
Ro‘yxatdagi ba’zi odamlar respublikachilar va demokratlar ma’muriyatlarda uzoq vaqt ishlagan. Aksariyat shaxslar ommaga oshkor bo‘lmagan davlat lavozimlarida mehnat qilgan.
AAF'ning o‘zi asta-sekin sobiq prezident Jo Bayden atrofidagi muxolifatni ta’qib qilishga qaratilgan tashkilotdan dushmanlarni yo‘q qilish uchun Tramp kampaniyasining vositasiga aylandi.
AAF ro‘yxatidagilarning yarmi — kamida 88 kishi — hukumatni tark etgan yoki ma’muriy ta’tilga chiqishga majbur bo‘lgan. Ba’zilari ishdan bo‘shatildi, boshqalari ishdan bo‘shatish yoki boshqa lavozimga o‘tkazish tahdidi ostida o‘zi ketgan.
Mavzuga oid

18:55
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi

13:59
Kreml: Putin va Tramp «yaqin kunlarda» uchrashadi

11:46
Polshalik jurnalistlar Tramp Putinga aynan nima taklif qilayotganidan xabar topdi

10:38