Jamiyat | 13:10
743
1 daqiqa o‘qiladi

Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismida harakat vaqtincha cheklandi

2025 yil 2 avgustdan 25 avgustgacha Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasining "Grand Mir" mehmonxonasi bilan kesishmasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu oraliqda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Foto: IIBB

Shu sababli, avtobus yo‘nalishlari harakati quyidagicha vaqtincha o‘zgartirildi:

🔹 18, 38, 58, 67-sonli yo‘nalishlar: Shahrisabz ko‘chasi → Mirobod → Nukus → Bobur → Sh.Rustaveli ko‘chalari orqali harakatlanadi;
🔹 57, 81, 98-sonli yo‘nalishlar: Mirobod → Yusuf Xos Hojib → Bobur ko‘chalari orqali harakatlanadi;
🔹 127-sonli yo‘nalish: Nukus → Muqimiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid