O‘zbekiston | 07:11
682
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Daniyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Yesper Var Tashqi ishlar vazirligida ishonch yorliqlarini topshirdi. 

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

Uchrashuvda O‘zbekiston va Daniya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar savdo, iqtisodiyot, ta’lim va boshqa sohalarda aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Daniya bilan ochiq va amaliy muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini qayd etdi.

O‘zbekiston va Daniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil 25 yanvar kuni o‘rnatilgan.

Shundan buyon ikki mamlakat o‘zaro hurmat va manfaatdorlik asosida siyosiy, iqtisodiy va madaniy yo‘nalishlarda hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirib kelmoqda. Daniya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan dastlabki Yevropa davlatlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid