Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlarida yomg‘irlar tufayli tabiiy ofat tahdidi yuzaga keldi.

30 iyul–1 avgust kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuz berishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirdi.
Qayd qilinishicha, to‘rtta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Ta’kidlanishicha, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid

20:40 / 28.07.2025
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

16:15 / 28.07.2025
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda

10:47 / 25.07.2025
Hafta oxirida harorat sezilarli darajada salqinlashadi

18:27 / 21.07.2025