Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani aytildi
O‘zbekistonda yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 54 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Foto: Soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 54 401 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 49 015 tasi xarid cheki bermaslik;
- 1 898 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 126 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 3 362 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.
Murojaatlarning 26 155 tasi takroriy bo‘lgani yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Murojaatlar asosida 21 702 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,1 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 24 762 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 17,7 milliard so‘m mukofot to‘langan. Eng ko‘p mukofot puli Toshkent shahrida murojaatchilarga berilgan — 4 milliard 279 million 500 ming so‘m. Eng kami esa murojaatlar soni ham kam bo‘lgan Jizzax viloyati aholisiga to‘langan — 512 million so‘m.
Mavzuga oid

12:33 / 01.07.2025
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

11:26 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

12:06 / 20.06.2025
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi

13:50 / 12.06.2025