O‘zbekiston | 14:26
824
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi

“Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Foto: Sputnik / Aleksey Vitvitskiy

Qaror bilan prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning a’zoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi. 

Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash orqali mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashiladi.

Bundan tashqari, kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bog‘liq faoliyatini kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etiladi.

Mavzuga oid