Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uels O‘zbekistonda yirik davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda qatnashmoqchi
Mamlakat elchixonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Uels ma’muriy-siyosiy hududi poytaxti Kardiff shahrida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Biznes-forumda Uels Taraqqiyot banki, Ta’lim hamkorligi tashkiloti (WEPco), Savdo palatasi hamda United Concrete Canvas, Deploy, KPX Entertainment Technology, Capital Law singari yetakchi kompaniyalar rahbarlari va vakillari qatnashdi.
Forumda respublikada qayta tiklanadigan energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va ta’lim sohalarida aniq investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Xorij tomoni so‘nggi yillarda O‘zbekistonda investitsiyaviy muhit sezilarli darajada yaxshilanganini, xalqaro kompaniyalarning mamlakatda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, moliya-bank, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, yirik davlat kompaniyalarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishga qiziqish bildirildi.
Biznes-forum yakunida Uels va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda yuqorida ko‘rsatilgan sohalarda aniq loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

15:16 / 22.07.2025
Hamma kuzatishi mumkin – ijtimoiy obektlarni qurishda korrupsiyaning oldini olish uchun yaratilgan raqamli platforma ishga tushdi

21:58 / 21.07.2025