Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga iyunda xorijdan 1,1 mlnga yaqin sayyoh keldi
2025 yil aprelda O‘zbekiston birinchi marta bir oy davomida 1 milliondan ortiq xorijlik sayyohni qabul qildi, may oyida esa yangi rekord o‘rnatildi – 1,1 million sayyoh. Iyun oyida 1,1 millionga yaqin sayyoh keldi.

Foto: Kun.uz
Joriy yilning aprel-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan uch milliondan ziyod sayyoh keldi.
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi har oyda barqaror ravishda bir million kishidan oshgan. Bu nafaqat mamlakatga bo‘lgan qiziqishni tasdiqlovchi tarixiy natija, balki turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ko‘rsatuvchi dalildir.
2024 yilning shu davriga nisbatan xorijlik sayyohlar soni qariyb 20 foizga ko‘paygani soha uchun katta yutuq hisoblanadi. 2025 yil aprelda O‘zbekiston birinchi marta bir oy davomida 1 milliondan ortiq xorijlik sayyohni qabul qildi, may oyida esa yangi rekord o‘rnatildi – 1,1 million sayyoh. Iyun oyida 1,1 millionga yaqin sayyoh keldi.
Mavzuga oid

12:27 / 21.07.2025
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:44 / 14.07.2025
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

13:58 / 12.07.2025