Jahon | 08:41
2671
2 daqiqa o‘qiladi

XJSdan Siluanov va Nabiullinani hibsga olish uchun order berish so‘raldi

Xalqaro jinoiy suddan Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning bosib olingan hududlarini nazorat qilish uchun bank tizimidan qanday foydalanayotganini tekshirish so‘raldi. Murojaat mualliflari bunga aloqadorlikda Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy banki rahbarlarini ayblamoqda.

Foto: AP

Haagadagi Xalqaro jinoiy suddan Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov va Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinani hibsga olish uchun order berish so‘raldi. Murojaat Amerikaning LexCollective nodavlat tashkiloti tomonidan berilgan bo‘lib, uni tayyorlashda B4Ukraine jamoat tashkilotlari koalitsiyasi va Ukraina yuridik maslahat guruhi ishtirok etdi, deb xabar berdi Financial Times.

Murojaat mualliflari XJSni Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarini nazorat qilish uchun bank tizimidan qanday foydalanayotganini tekshirishga chaqirdi. Bayonotda Rossiyaning uchta banki — "Promsvyazbank", XHB va RMB rahbarlari ayblangan hamda Xerson viloyatining Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan qismi keysi ko‘rib chiqilgan. Okkupatsion «hokimiyat» Ukraina grivnasidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi, mahalliy aholi uni rublga sun’iy past stavkada almashtirishga majbur bo‘ldi, bu esa Rossiya banklarini boyitdi. Bayonotda aytilishicha, har qanday moliyaviy xizmatlardan foydalanish uchun bank hisobraqamini ochishda mahalliy aholi «Rossiyaga sodiqlik keltirgan holda» Rossiya fuqaroligini olishi kerak bo‘lgan.

Hujjat mualliflari, shuningdek, XJSni Nabiullina va Siluanovga nisbatan «yuqorida qayd etilgan ayblovlar bo‘yicha, shuningdek, bosqin va bosib olishni moliyalashtirish va ko‘maklashishdagi faoliyati munosabati bilan» chora ko‘rishga chaqirdi, deb yozadi FT. Nashrga ko‘ra, murojaatda markaziy bank rossiyalik harbiy xizmatchilarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun Ukrainaning bosib olingan hududlarida dala bo‘linmalarini ochgani aytilgan.

Mavzuga oid