O‘zbekiston | 13:48
1265
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim temiryo‘l xodimlarining ish vaqti rejimi tartibga solindi

“Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temiryo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Nizomga ko‘ra, ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ishlarni bajarish joyi xizmat ko‘rsatilayotgan asosiy ish joyidan tashqarida bo‘lsa, mazkur toifadagi xodimlarning 24 soatda bosib o‘tgan yo‘lining 8 soati bevosita ularning ish vaqtiga qo‘shiladi.

Poyezdlar harakati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan temiryo‘l transporti xodimlarining ish vaqtiga quyidagilar kiradi: 

🔹 ishga tayyorgarlik ko‘rish vaqti, shu jumladan, yo‘l-yo‘riqdan o‘tish vaqti; 
🔹 ishdan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti;
🔹 asosiy mehnat vazifalarini bajarishga bevosita sarflanadigan vaqti;
🔹 asosiy ish joyidan xizmat ko‘rsatilayotgan ish joyiga yo‘lovchi sifatida borish va undan qaytish hamda kutish vaqti;
🔹 xodimga bevosita bog‘liq bo‘lmagan holatlarda uning bo‘sh turib qolgan vaqti.

Mavzuga oid