Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yandex Books interfeysi endi o‘zbek tilida
Yandex Books mobil ilovasi va saytining interfeysini endi o‘zbek tilida o‘qish imkoniyati paydo bo‘ldi. Servisda esa o‘zbek tilidagi kitoblar yanada ko‘paydi. Avvalroq unda milliy nashriyotlarning o‘zbek tilidagi kitoblari vitrinasi ishga tushirilgan edi.

Foto: Yandex Books
Yandex Books servisida 250 mingdan ortiq turli tillardagi elektron va audio kitoblar mavjud: klassik, ilmiy-ommabop va fantastika janridagi asarlardan komikslargacha, shu jumladan Asaxiy Books, «Yangi Asr Avlodi», «Bolalik kunlarimda» kabi O‘zbekistonning yetakchi nashriyotlarining kitoblari ham.
"Biz uchun odamlarning xizmatlarimizdan o‘z ona tilida qulay foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Shu sababli Yandex Books jamoasi interfeysining zamonaviyligiga va o‘zbek tilidagi sifatli kontentga alohida e’tibor qaratadi. Bu, o‘z navbatida, milliy media muhitining rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi”, — deya ta’kidladi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.
Yandex Books mobil ilovasi va veb-sayt interfeysi o‘zbek tiliga moslashtirildi. Bundan oldin servis milliy nashriyotlarning o‘zbek tilidagi kitoblari vitrinasini ishga tushirgan edi.
Ilk bor o‘zbek tilidagi Yandex Books 2025 yilning iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TXIF) taqdim etilgan edi.
O‘zbek tilida nimalarni o‘qish mumkin?
Yandex Books servisida allaqachon o‘zbek tilidagi 900 dan ortiq kitob mavjud: klassik va zamonaviy xorijiy adabiyot tarjimalari, o‘zbek klassikasi hamda o‘zbekistonlik zamonaviy mualliflarning asarlari. Badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, bolalar kitoblari, buyuk shaxslarning tarjimai hollari, biznes va shaxsiy rivojlanish haqidagi besseller kitoblar, kino, pazandachilik va musiqa haqidagi asarlar ham jamlanmadan o‘rin olgan. O‘zbek tilidagi adabiyotlar ro‘yxati muntazam ravishda to‘ldirib boriladi.
Mobil ilova yoki veb-versiyada kitoblarni nafaqat qidiruv funksiyasi orqali, balki mavzu bo‘yicha ham tanlash imkoniyati bor. Bu yerda mavzular, janrlar va hatto turli hayotiy vaziyatlar uchun adabiyotlar, shuningdek, taniqli insonlarning tavsiyalari joylashtirilgan bo‘limlar mavjud. Quyida shunday to‘plamlarga bir nechta misollar keltirilgan:
Klassika – Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi XX asr namoyandalarining san’at asarlari, Alisher Navoiy va Boborahim Mashrab ijod namunalari, Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek hamda mintaqa tarixi haqidagi kitoblar
Shaxsiy rivojlanish — Biznes kouchlar va motivatsion yetakchilarning top bessellerlari tarjimalari: Mey Mask, Kel Nyuport, Toni Shey.
Mashhur artistlardan jamlanma – Saya Musa, ADIAZ, e.v.e, Daler Ametist va Hamood o‘zlarining sevimli kitoblari haqida so‘zlab berishadi.
Bolalar kitoblari turli janrdagi asarlarni o‘z ichiga oladi: mashhur shaxslar haqidagi hikoyalardan tortib ko‘ngilochar va ilmiy-ommabop komikslargacha.
Jajji kichkintoylar uchun Yandex Books servisida "Bolalik kunlarimda" nomli kitob javoni mavjud bo‘lib, unda jahon xalqlarining o‘zbek va rus tillaridagi audio ertaklari jamlangan. "Bolalik kunlarimda" loyihasi 2019 yilda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi ko‘magida ishga tushirilgan. Audioversiyalarni yaratishda tarjimonlar va bolalar psixologlari mehnat qilgan, qahramonlarga esa O‘zbekistonning taniqli aktyorlari va san’at arboblari ovoz bergan.
Kitoblarning aksariyati ham matnli, ham audio shaklda mavjud. Ular sinxronizatsiya qilingan bo‘lib, o‘qish jarayonida to‘xtagan joydan va aksincha o‘tish imkonini beradi.
Interfeys tilini qanday tanlash mumkin?
Veb-versiyada istalgan kitobni ochib, sahifani oxiriga borib, pastki o‘ng burchakda o‘zingizga kerakli tilni tanlash imkoniyati mavjud.
Android qurilmasida profil sozlamalariga kirib, "Ilova tili" qatoridan kerakli tilni tanlang.
iOS tizimida telefoningiz sozlamalariga kirib, Yandex Books ilovasini tanlang va ilovaning tizim sozlamalarida tilni o‘zgartiring.
*Yandex Plus bu — turli ko‘ngilochar xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi multiobuna hisoblanadi: filmlar, seriallar, telekanallar va sport translatsiyalari bilan ta’minlovchi Kinopoisk; sevimli musiqalaringiz va aniq musiqa tavsiyalarini taqdim etuvchi Yandex Music; 250 mingdan ortiq elektron kitoblar, audiokitoblar va komikslar katalogini o‘z ichiga olgan Yandex Book
Bundan tashqari, Yandex Plus obunachilari Yandex Go orqali bepul ovqat buyurtma qilishlari va ballar ko‘rinishida keshbek olishlari mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi

08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

10:29 / 06.02.2025