Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etiladi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning «Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida komplayens tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.
Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Shuningdek, farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.
Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.
Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.
Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etiladi.
Avvalroq ushbu farmon bilan Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etilgandi.
Mavzuga oid

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

19:29 / 12.06.2025
AOKA: Meta kompaniyasiga 23 mingta so‘rov yubordik, ularning 80 foizi qanoatlantirildi

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

15:09 / 11.12.2023